Digital Lean Textile haqida qisqacha:
Mavjud funksionallar
alternative

Buyurtmalar

Buyurtmalarni ro'yxatga olish, har bir buyurtmalar bo'yicha ishlab chiqarishning turli jarayonlarida kuzatish va nazorat qilish imkoniyati, buyurtmani mijozlarga vaqtida yetkazish uchun oldindan xavflarni aniqlash, buyurtmalar kesimida turli hil hisobotlarni tahlil qilish kabi imkoniyatlarni o'z ichiga oladi

alternative

Omborlar

Ombordagi mahsulotlarni tog'ri hisobini yuritish, kirim chiqim jarayonida QR kod, barkod orqali Jarayonlarni oson amalga oshirish, ombordagi tartibsizliklarni oldini olish, kamomad va kamchiliklarni yo'qotish, real vaqtda hisobotlar olish, ombor mahsulotlarini inventarlash, mahsulotlarni manzilli yacheyka va sektorlarga joylash imkoniyatini o'z ichiga oladi

alternative

Ishlab chiqarish

Har bir ishlab chiqarish jarayonlarini to'liq nazorat va monitoring qilish, jarayonlar bo'yicha to'liq real vaqtda hisobotlar olish, jarayonlarni narxlarini hisobga olish, sifat nazorati nuqtalarini qo'shish va ularni monitoring qilish, qurilmalar bo'yicha to'liq ishlash vaqti va unumdorliklarini ko'rish imkoniyatlari

alternative

HRM

Hodimlar ro'yxatga olish, davomadlarni nazorat qilish, oylik ish haqqi jadvallarini avtomatik shakllantirish, real vaqtda ishchilar sonini ko'rish imkoniyati, hodimlar bilan ishlash hujjatlarini avtomatik shakllantirish, hodim, bo'lim, oylik kesimlarida turli hisobotlar olish, hodimlar davomadiga asoslangan holda ish haqqi hisoblash, 1C tizimi bilan integratsiya kabi imkoniyatlar

alternative

Hisobotlar

Omborlardagi mahsulot qoldiqlari, kirim-chiqimi bo'yicha, jarayon va sifat ko'rsatkichlari bo'yicha, qurilma va dastgohlarning ishlash vaqti bo'yicha, buyurtmalar holatlari bo'yicha, hodimlarning davomadlari bo'yicha va barcha modullarga tegishli bo'lgan kesimda kunlik, oylik, yillik hisobotlar avtomatik tarzda shakllantirish imkoniyati

alternative

Moliya

Mijozlar bilan haqdorlik, qarzdorlik hisobotlari, korxonada pul aylanmalari, xarajat va chiqimlar jurnali, kassa va pul balansi kabi imkoniyatlar

Joriy qilish afzalliklari
🧑‍💼
Xodimlarni ishga to'g'ri yondashuvini shakllantirish
Kech qolish muammosi yechilishi
🔧
Ishlab chiqarish sifati oshishi (2-sort va braklar kamayishi)
📄
Foydalanuvchilar uchun real-vaqt hisobotlarini bir tugma bilan olish va tahlil qilish imkoniyatini taqdim etish.
📊
Barcha jarayonlarni to'liq monitoring qilish
🚚
Buyurtmalarni kech qolmay yetkazib berish
📡
Omborlarga 5S prinsipini joriy qilish
📦
Omborlardagi ortiqcha Mahsulotlar miqdorini kamayishi
🔍
Xom ashyo yetmay qolishi oldi olinishi
🛠️
Rahbar aralashuvisiz ishlab chiqarish to'g'ri va davomiy yo'lga qo'yilishi
📊
Qaror qabul qilishga yordam beradigan kerakli KPI larni monitoring qilish
💻
Exceldan uzundan-uzoq ishlash va tushunarsiz hisobotlardan qutilish
Bizning mijozlarimiz
alternative
alternative
alternative
alternative
alternative
Mijozlar fikri
alternative
Burxonov Dostonbek "Fazo Group" MJCH direktori
Digital Lean Textile tizimini fabrikamizga joriy qilish orqali omborlardagi kirdi, chiqdi, qoldiq kabi operatsiyalar to'liq tartibga solindi, ishlab chiqarishlar jumladan to'quv, bichuv va tikuv tsex ishlari to'liq nazoratga olindi. Bundan tashqari markerovka va qadorlash jarayonlari ham to'liq avtomatlashdi va tartibga solindi. Rossiyani davlatida joylashgan mijozlari foyalanayotgan "Xos belgi" (Chestniy znak) tizimi bilan integratsiya qilishimiz qadoqlash jarayonidagi ishimiz unumini 90% ga oshirdi.
alternative
Haydarova Gulnozaxon "Ellada Textile" MJCH direktori
Tikuv fabrikamizda tizim mavjud bo'lmaguncha barcha ishlarimizni qog'ozda yoki excelda yuritar edik. Markazlashgan tizim yo'qligi sababli hisobotlar va kerakli ma'lumotlarni yig'ishga ancha vaqt talab qilinar bu esa kerakli qarorlarni vaqtida qabul qila olmasligimizga olib kelar edi. Tikuv fabrikamizga Digital Lean Textile tizimini tadbiq qilishimiz bizga ishlab chiqarish jarayonlarini, omborlarni va buyurtmalarni tartibga solinishga va albatta buning natijasida ish unumini ortishga sabab bo'ldi. Dataprizma MCHJ IT kompaniyasi bilan hamkorlik qilishdan hursandman.
alternative
Sadikov Ulug'bek SAMO brendi ostidagi "Nil Granit" MCHJ direktori
Har bir ishlab chiqarish fabrikasi yoki zavodi kengayib borgani sari, ish yuritish va boshqarishning yangi tizimlariga ehtiyoj sezadi. Bizning fabrika ham jadal suratda kattalashib borgani sayin eski tizim va hisob shakllarini yangilashga va moderenizatsiya qilishga ehtiyoj seza boshladi. Bu borada ko'p marta turli tizim va dasturlarni korxona miqyosida sinab ko'rdik. Lekin aynan biz xohlayotgan, to'liq integratsiyalashgan tizim borasidagi talablarimizni hech bir tayyor tizimlar va dasturlar qondira olmadi. 2018- yili Dataprizma IT tashkiloti bilan shartnoma tuzib, chet el tizimlari bilan raqobat qila oladigan yangi tizim ishlab chiqish borasida katta kelishuv qilindi va tizimning dastlabki modullari ustida ishlar boshlandi. Avval bo'yoqxona, HRM va to'quv bo'limlari to'liq tizimlashtirilgan bo'lsa, keyin tikuv bo'limi va omborlar, savdo bo'limi ham oxiriga yetkazildi. Dastur integratsiyasi biz o'ylamagan marralarga yetib bordi va toladan boshlab to tayyor maxsulot sotuvigacha bo'lgan juda katta jarayonlarni bir joyga tartib bilan birlashtira oldi. Dastur ishga tushganidan so'ng, ishlab chiqarish jarayonidagi juda ko'p, yechimi topilmayotgan yoki nazorat qilish uchun ko'p mehnat va ishchi kuchi talab qilayotgan masalalar oson va tizimli hal bo'la boshladi. Masalan:
1. Har bir buyurtmani olinganidan toki mijozga yetib borishigacha bo'lgan barcha jarayonlar javobgarlari bilan ma'lumot yig'ish imkoni
2. Ishlab chiqarishdagi paydo bo'lgan muammolar hatolar va kamchiliklarni hisobga olish va o'z vaqtida masalalarga to'gri qaror berish imkoni
3. Mijozning bergan buyurtmasini ta'qib qilish imkoni
4. Omborlardan real vaqtda ma'lumot olish imkoni
5. Ishlab chiqarishdan real vaqtda ma'lumot olish imkoni
6. Kunlik, haftalik, va oylik hisobotlarni tez va oson olish imkoniyati
7. Ishlab chiqarish ehtiyojlarini o'z vaqtida ko'ra olish va nazorat qilish imkoniyati
8. Hodimlar uchun KPI tizimini tashkil qilish imkoni
9. Hodimlar kelish ketishini nazorat qilish imkoni
10. Va boshqa imkoniyatlar
Hozirga kelib dastur doimiy yangilanishda davom etmoqda va bizdek tayyor trikotaj maxsulotlari ishlab chiqaruvchilarga va umuman trikotaj sohasidagi ya'ni toladan boshlab savdogacha bo'lgan hammaga birdek hizmat qilib kelmoqda. Dastur, qisqacha qilib aytganda, tartibli va tizimli ish yuritishni xohlovchi insonlarning ishini yengillatish uchun eng kerakli qurol hisoblanadi desak adashmagan bo'lamiz.
alternative
Ismailov Masud Mavlonovich Barkas Teks Group brendi ostidagi "Terry Jar" M.Ch.J menejeri
Tikuv fabrikamizga tizimni joriy qilishmiz orqali modellar ro'yxati, buyurtmalarni boshqarish, ishlab chiqarish va omborlarni nazorat qilish, real rejimda hisobotlarni korish imkonini berdi va bu buyurtmalarni o'z vaqtida bajarilishiga hamda tizimli ishlashga olib keldi. Tikuv bandlarida sifat nuqtalari ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarni tahlil qilish imkoni berdi. Bu o'z navbatida sifatli maxsulot ishlab chiqarish ulushini oshirdi. Kelajakda DLT ERP tizimining boshqa modullari bo'yicha ham hamkorlik qilish umididamiz.
Tariflar
Standart
  • Mini HR
  • Boshqaruv
  • Mato ombori
  • Bichuv
  • Buyurtmalar
  • Tikuv
  • Qadoqlash
  • TMO
  • Turniket
Optima
  • HRM barcha funksionallar bilan
  • Boshqaruv
  • Buyurtmalar
  • Mato omborlari
  • Bichuv
  • Pechat
  • Naqsh
  • Tikuv
  • Tikuv sifati nazorati (QM)
  • Qadoqlash
  • TMO
  • Moliya
  • Turniket
Maxsus
  • HRM barcha funksionallar bilan
  • Boshqaruv
  • Buyurtmalar
  • Mato omborlari
  • Bichuv
  • Pechat
  • Naqsh
  • Tikuv
  • Tikuv sifati nazorati (QM)
  • Qadoqlash
  • TMO
  • Moliya
  • To'quv
  • Bo'yoq
  • Qo'shimcha talabga ko'ra ishlar
  • Turniket
Tez-tez so'raladigan savollar (FAQ)

DLT ERP (Korxonani Resurslarini Rejalashtirish) yechimi tekstil ishlab chiqarish biznesining barcha jihatlarini boshqarish va integratsiya qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan dasturiy ta'minotdir. Bu HR, marketing, ishlab chiqarish, inventarizatsiya, moliya va sotish bo'limlarini qamrab oladi. Tizim operatsiyalarni soddalashtirish, samaradorlikni oshirish va qaror qabul qilish jarayonlarini yaxshilashga yordam beradi.

DLT ERP tizimi kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, tekstil fabrikalari, mato bo‘yash sexlari, to‘qimachilik korxonalari va tekstil ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanuvchi bizneslar uchun idealdir. Shuningdek, HR, moliya va marketing kabi turli bo‘limlarni avtomatlashtirish va integratsiyalashni xohlovchi kompaniyalar uchun ham foydalidir.

Bizning DLT ERP tizimimiz quyidagi modullarni o'z ichiga oladi:
HRM moduli: Kadrlar boshqaruvi. Marketing moduli: Buyurtmalar boshqaruvi, CRM, hisob-kitoblar va boshqalar. Mato to'qish moduli: Ip boshqaruvi, ishlab chiqarishni rejalashtirish, sifat nazorati va qadoqlash. Mato bo‘yash moduli: Bo‘yash jarayonini boshqarish, sifat nazorati va monitoring. Kiyim-kechak ishlab chiqarish moduli: Ishlab chiqarishni boshqarish, inventarizatsiya va operatorlar KPI'lari. Moliya moduli: Naqd pul boshqaruvi va moliyaviy hisobotlar. Hisobotlar va boshqaruv panellari: Operatsion va strategik qarorlar qabul qilish uchun. POS moduli: Chakana savdo uchun savdo nuqtasi tizimi. 4. DLT ERP tizimi biznesimni qanday yaxshilashi mumkin? DLT ERP tizimi operatsiyalarni avtomatlashtirish, real vaqt rejimida ma'lumotlarni taqdim etish va barcha bo‘limlarni yagona platforma ostida birlashtirish orqali samaradorlikni oshiradi. Xatolarni kamaytiradi, muloqotni yaxshilaydi, resurslardan samarali foydalanishni optimallashtiradi va ma'lumotlarga asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Ha, bizning DLT ERP tizimimiz yuqori darajada moslashuvchan. Biz har bir biznesning o'ziga xosligini tushunamiz, shuning uchun ishlab chiqarish, inventarizatsiya boshqaruvi yoki boshqa sohalarda sizning maxsus talablaringizga moslashtirilgan yechimlar taklif qilamiz.

Amalga oshirish jarayoni maslahatlashuv, dasturiy ta'minotni sozlash, ma'lumotlarni ko'chirish, foydalanuvchilarni o'qitish va amalga oshirilgandan keyingi qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi. Jamoamiz operatsiyalaringizga minimal ta'sir ko'rsatish bilan silliq o‘tishni ta'minlash uchun siz bilan yaqindan ishlaydi.

Biz to‘liq texnik yordam, dasturiy ta'minot yangilanishlari va doimiy o‘quv kurslarini taqdim etamiz. Qo'llab-quvvatlash jamoamiz har qanday muammo yoki savollaringizga javob berish uchun tayyor.

Bizning DLT ERP tizimimizda ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun kuchli xavfsizlik choralari qo'llaniladi, shu jumladan shifrlash, kirish nazorati va muntazam xavfsizlik yangilanishlari mavjud. Bulutli yoki oflayn bo'lishidan qat'i nazar, biz biznes ma'lumotlaringiz xavfsizligini ustuvor deb bilamiz.

Bizning DLT ERP tizimimiz narxi biznesingiz hajmi, kerakli modullar va bulutli yoki oflayn yechimni tanlashingiz kabi omillarga bog‘liq. Maxsus talablaringizga moslashtirilgan narx taklifi olish uchun biz bilan bog‘laning.

Albatta! Bizning DLT ERP tizimimizning bepul demo versiyasini taklif etamiz. Biz bilan bog‘lanib, dasturiy ta’minotimiz biznesingizga qanday foyda keltirishi mumkinligini ko‘rish uchun demo versiyasini rejalashtiring.

Biz bulutli va oflayn tizimlarning har ikkalasini ham taklif qilamiz. Bulutli tizim moslashuvchanlik va istalgan joydan kirish imkoniyatini beradi, oflayn tizim esa sizga ma'lumotlaringiz ustidan to‘liq nazoratni taqdim etadi.

Ariza qoldiring

Biz albatta siz bilan bog`lanamiz!
footer-frame